Krishtianu Ronaldo: «Meni va oilamni juda yaxshi qabul qilgan Italiyaga qaytayapman»

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yin uchun Italiyaga qaytishi haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi «Atalanta»ga qarshi o’yin uchun Italiyaga qaytishi haqida gapirdi.

Men Italiyaga, meni va oilamni juda yaxshi qabul qilgan, qalbimda abadiy qoladigan ajoyib maskanga qaytayapman. Men tajribamdan bilamanki, Bergamoda “Atalanta” kabi jamoaga qarshi o‘ynash hech qachon oson bo‘lmaydi, lekin biz guruhimizda birinchi o‘rinni saqlab qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Bu Chempionlar Ligasi va biz Manchester Yunaytedmiz! Biz tegishli joydamiz! Yuring Shaytonlar! –

deb yozdi Ronaldo Instagramda.

«Atalanta» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi bugun, 2 noyabr kuni Bergamoda bo’lib o’tadi. Boshlanishi 23.00 (Moskva vaqti bilan).

“Manchester Yunayted”da 6 ochko, “Atalanta”da 4 ochko bor.

Ushbu yozda 36 yoshli Krishtianu Ronaldo «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o’tdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments