Kurtua tashkilotni tanqid qilgani uchun FIFA uni yilning eng yaxshi darvozaboni bo’lish uchun davogarlar ro’yxatiga kiritmaganini aytdi.

Kurtua tashkilotni tanqid qilgani uchun FIFA uni yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun davogarlar ro'yxatiga kiritmaganini aytdi.

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga da’vogarlar ro‘yxatida uning ismi yo‘qligiga izoh berdi. Mukofotga Alisson Bekker, Janluiji Donnarumma, Eduard Mendi, Manuel Noyer va Kasper Shmeyxel nomzodlar.

Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga nega nomzod ko’rsatilmagani haqida izoh bermayman. Menimcha, bu mening bir oy oldingi sharhlarim tufayli. Shaxsiy sovrinlar muhim emas,

deydi Kurtua.

29 yoshli Kurtua oktyabr oyida UEFA va FIFAni tanqid qilib, muassasalarni gavjum o’yinlar vaqtida futbolchilarga «robot» kabi munosabatda bo’lishda ayblab, mas’ullar sport bilan shug’ullanuvchilarni emas, «faqat cho’ntaklari haqida qayg’urishlarini» ta’kidladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments