“Latsio” o‘z maydonida “Fiorentina”ni, “Inter” esa “Empoli”ni mag‘lub etdi

“Latsio” o‘z maydonida “Fiorentina”ni, “Inter” esa “Empoli”ni mag‘lub etdi

Italiya chempionati 10-turida “Inter” safarda “Empoli”ni mag‘lub etdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Mehmonlar darvozasiga birinchi golni Danilo D’Ambrosio kiritdi.

Mehmonlar hisobidagi farq 67-daqiqada himoyachi Federiko Dimarko tomonidan oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 52-daqiqada “Empoli” yarim himoyachisi Samuele Richi maydondan chetlatildi va shu tariqa “Inter” ko‘pchilik bo‘lib qoldi.

Shu tariqa, “Inter” 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi pog‘onani band etib turibdi. «Empoli» 12-o’rinda (12).

Shuningdek, Italiya chempionatining 10-turida “Latsio” o‘z maydonida “Fiorentina” ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv mezbonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 53-daqiqada hujumchi Pedro tomonidan kiritildi. «Fiorentina»ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kokorin zaxiradan maydonga tushdi.

Yana bir o‘yinda “Roma” mehmonda “Kalyari”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar safida Leonardo Pavoletti jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinroq “Roma” himoyachisi Ibanes Rojer hisobni tenglashtirdi, oradan 7 daqiqa o‘tib Lorenso Pellegrini “Kalyari” darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi.

A seriyada «Roma» to’rtinchi (19), «Latsio» beshinchi (17) o’rinni egallab turibdi. “Fiorentina” sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi (15), “Kalyari” turnir jadvalining quyi qismida (6).

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments