Levandovski «Bavariya» dan ketishga tayyor

Levandovski Jamoadan ketadimi?

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski jamoani tark etishi mumkin.

Manbaning xabariga ko’ra, 32 yoshli futbolchi faoliyatida yangi chaqiruvlarga tayyor va shu yilning yozida boshqa klubga o’tishga tayyor. Hozir yangi chempionatda o’z kuchini sinab ko’rish uchun eng yaxshi vaqt, deb hisoblaydi futbolchi. «Bavariya» rahbariyati shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan hujumchini qo’yib yubormoqchi emas.

Futbolchiga «PSJ», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. Levandovkiga yana bir da’vogar – bu «Real», ammo Madrid «Borussiya» dan Erling Xollandni sotib olishga e’tibor qaratmoqda.

Bundesliganing so’nggi mavsumida Levandovski «Bavariya» tarkibida 41 ta gol urdi va 29 o’yinda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va myunxenliklar sobiq futbolchisi Gerd Myullerning rekordini yangiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments