Lionel Messi: «Men Amerika Kubogida hamma narsani to’g’ri bajarishga harakat qilaman»

Lionel Messi: "Men Amerika Kubogida hamma narsani to'g'ri bajarishga harakat qilaman"

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan 2021 yilgi Amerika kubogi o’yinlari borasidagi taxminlari bilan o’rtoqlashdi.

Men juda hayajondaman, hammasini to’g’ri bajarishga harakat qilaman. Biz o’tgan Amerika kubogida yaxshi taassurot qoldirdik, ammo o’sishda davom etishimiz kerak. So’nggi saralash o’yinlari yaxshi bo’ldi, garchi bu o’yinlardan beri ancha vaqt o’tgan bo’lsa-da, biz bir joyga to’plana olmadik, tezda o’z yo’limizga qaytishimiz kerak. Terma jamoadagi barcha hamkasblarim bilan bu erda bo’lganimdan xursandman, –

deya Messi so’zlarini keltirmoqda Argentina terma jamoasi matbuot xizmati.

Amerika Kubogi guruh bosqichida Argentina Urugvay, Paragvay va Boliviya bilan to’qnash keladi. Turnir 11 iyundan 10 iyulgacha davom etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments