«Liverpul» Viynaldum uchun xayrlashish yo’lagini tashkil qildi

Liverpul Viynaldum bilan hayrlashdi

«Liverpul» klubni tark etayotgan yarim himoyachi Jorjinyo Viynaldum bilan mavsumning so’nggi uchrashuvidan so’ng xayrlashdi.

Futbolchilar 30 yoshli gollandiyalik bilan xayrlashish yo’lagini tashkil qilishdi va klub unga esdalik sovg’asini taqdim etdi.

Shuningdek, muxlislar jamoada futbolchilarning jihozlarini boshqaradigan Grem Karter bilan xayrlashishdi. U klubda 22 yil ishlagan.

Viynaldum «qizillar» safida 2016 yildan beri o’ynab kelmoqda. U jamoa bilan birgalikda Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi g’olibi, UEFA Superkubogi sohibi bo’ldi, shuningdek, klublar o’rtasidagi jahon chempionligini yutdi.

Eslatib o’tamiz, APLning 2020/21-yilgi mavsumi oxirida «Liverpul» uchinchi o’rinni egalladi va Chempionlar Ligasida o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments