«Man Siti» rahbari Superligaga qo’shilgani uchun uzr so’raydi

"Man Siti" rahbari Superligaga qo'shilgani uchun uzr so'raydi

«Manchester Siti» direktorlar kengashi raisi Xaldun Al-Muborak klubning Superligadagi ishtiroki uchun uzr so’radi.

Muxlislardan kechirim so’rashdan boshlamoqchiman. Men ularga qarzdorman. Superligaga qo’shilish xato edi. Orqaga qarab, ushbu turnirda qatnashmaslik haqida qaror boshidanoq qabul qilinishi kerak edi, deb o’ylayman. Kechirasizlar bu meni xatoyim edi. Hozir orqaga qarash qiyin emas, lekin o’sha payt «ha», «yo’q» deb aytish oson emas edi, yoki biz o’yindamiz yoki biz tashqaridamiz.

Ko’rasiz, qachon biz Superligaga qo’shilish to’g’risida qaror qabul qildik. Bu qaror qanchalik qiyin bo’lganligi haqida juda ko’p narsani aytadi. Ammo biz xatolarni tan olganimizni ham ko’rishingiz mumkin. Biz zudlik bilan chiqib ketishimiz kerak edi.

Men buni qilganimiz sababini himoya qilmoqchi emasman. Men bu borada yakuniy qarorni qabul qildim va bu xato uchun to’liq javobgarlikni o’z zimmamga oldim, –

dedi Al-Muborak.

19 aprel kuni 12ta jamoa ishtirokida Superligaga start berilishi e’lon qilindi. Ikki kundan so’ng, loyiha muzlatib qo’yildi, chunki to’qqizta ishtirokchi jamoa muxlislar va jamoatchilikning tanqidlari tufayli musobaqani tark etishdi. «Real», «Barselona» va «Yuventus» Superligani qo’llab-quvvatlashni davom ettirgani uchun Chempionlar Ligasidan chetlatilishi mumkin.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments