Manba: «Arsenal» Azmunni Lakazettning o’rinbosari sifatida ko’radi

"Zenit" hujumchisi Serdar Azmun jamoani tark etishi mumkin.

«Zenit» hujumchisi Serdar Azmun jamoani tark etishi mumkin.

Goalning Onze Mondialga tayanib xabar berishicha, «Arsenal» Eron nomzodini kuzatmoqda. Londonliklar uni shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan Aleksandr Lakazettning o’rinbosari sifatida ko’rib chiqishmoqda.

O’tgan transfer oynasida matbuotda eronlik futbolchiga «Lion», «Roma» va «Bayer» klublari qiziqish bildirgani haqida yozilgan, biroq kelishuv amalga oshmagan.

Azmun «Zenit» da 2019 yildan buyon o’ynaydi. 26 yoshli hujumchining shartnomasi ham kelasi yozda tugaydi. Bu mavsumda u Sankt -Peterburg klubi safida 12 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments