Manba: Azar Mbappening transferi tufayli «Real» dan ketmoqchi va «Chelsi» ga qaytmoqchi

Azar Chelsiga qaytmoqchi

«Real» yarim himoyachisi Eden Azar jamoani tark etishi mumkin.

El Chiringuito TV xabariga ko’ra belgiyalik PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi ehtimoli tufayli ketishni istamoqda. Yarim himoyachi, frantsuz futbolchisi transfer qilingan taqdirda zaxira o’rindig’ida qolib ketishiga ishonmoqda. Shu sababli u 2012-yildan 2019-yilgacha o’ynagan «Chelsi» ga qaytmoqchi.

Oldinroq jurnalist Xosep Pedrerol madridliklar futbolchini transferga qo’yganini aytgandi. Agar kamida 50 million evroga taklif tushsa, poytaxt klubi futbolchini sotishga tayyor.

Azar jarohati tufayli Real Madridning aksariyat o’yinlarini o’tkazib yuborgan. O’tgan mavsumda u 21 uchrashuv o’tkazdi, 4 gol urdi va golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments