Manba: «Barselona» prezidenti Gvardiolani klubga qaytishini istamoqda

Gvardiola Barselonaga qaytadimi?

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani qaytarib olmoqchi.

AS telekanali TV3 ga tayanib xabar berganidek, ushbu funksioner «shaharliklar» «Chelsi» ga qarshi o’ynaydigan Chempionlar Ligasi finalidan so’ng mutaxassis bilan bog’lanmoqchi.

Qayd etilishicha, Laporta Gvardiola bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o’tishiga ishonadi va uning qaytishi to’g’risida 2022 yilning yozida shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu holatda jamoaning amaldagi murrabiyi Ronald Kuman yozda o’z lavozimidan ketmaydi.

Ilgari Gvardiola 2008-2012 yillarda «Barselona» ni boshqargan, uch marta Ispaniya chempioni, ikki marta Chempionlar Ligasi, ikkita Ispaniya kubogi va uchta Superkubok, ikkita UEFA Superkubogi va ikki marta klublar o’rtasidagi Jahon kubogini yutgan. 50 yoshli mutaxassisning «Man Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha amal qiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments