Manba: «Borussiya» Hollandning maoshini ikki baravar oshirmoqchi

Manba: "Borussiya" Hollandning maoshini ikki baravar oshirmoqchi

«Borussiya Dormund» rahbariyati Erling Hollandni saqlab qolishdan manfaatdor.

Manbaga ko’ra, dortmundliklar norvegiyalikka uning maoshini deyarli ikki barobarga oshiradigan shartnoma taklif qilmoqchi. Hozirgi vaqtda norvegiyalik yiliga 8 million evro maosh oladi, maoshi oshganidan keyin 15 million evro ishlab topadi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 5 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi, transfer narxi 130 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments