Manba: Milan qishda Marseldan Kamarani sotib olishi mumkin

"Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamara "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

«Marsel» yarim himoyachisi Bubakar Kamara «Milan» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Calciomercato xabariga ko’ra, fransiyalik yarim himoyachi klub bilan 2022 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas.

Qayd etilishicha, “Marsel” pul tovonidan bebahra qolmaslik uchun 21 yoshli futbolchi bilan yanvar oyida xayrlashishga tayyor. «Milan» futbolchiga yarim himoyachi Frank Kessining shartnomasi bo’yicha noaniqlik tufayli qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Kamara barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments