Manba: Sassuolo Pirlo xizmatiga qiziqish bildirmoqda

Sassuolo Pirlo xizmatiga qiziqish bildirmoqda

Roberto De Zerbi «Shaxtyor» ga ketganidan keyin «Sassuolo» rahbariyati klubga yangi bosh murabbiy izlamoqda.

Jurnalist Nikola Shiraning tvitterda yozishicha, nomzodlardan biri «Yuventus» ning hozirgi murabbiyi Andrea Pirlo.

Qayd etilishicha, «Sassuolo» direktori Jovanni Karnevali mutaxassisning murabbiylik mahoratini yuqori baholaydi va unga shartnoma taklif qilmoqchi. Ammo, 42 yoshli Pirlo Turin jamoasidagi mavqei aniqlanmaguncha, kelajakdagi faoliyati to’g’risida qaror qabul qilmaydi.

O’tgan mavsum A Seriyada Sassuolo 8-o’rinni egalladi. «Yuventus» mavsumni 4-o’rinda yakunladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments