Manba: UEFA qo’mitasi EChLdagi mehmondagi gol qoidalarini bekor qilishga qaror qildi

UEFA bir qoydani olib tashladi

Evropa musobaqasidagi mehmondagi gol qoidasi bekor qilinishi mumkin.

The Times jurnalisti Martin Ziglerning yozishicha, ushbu masala Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ning klublar musobaqalari bo’yicha qo’mitasining juma kuni bo’lib o’tgan yig’ilishida ko’rib chiqilgan. Qo’mita a’zolari mehmonda gol qoidasini bekor qilishga qaror qilishdi.

O’zgarish UEFA Ijroiya qo’mitasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng kuchga kiradi.

Mehmondagi gol qoidasi 56 yildan beri amal qilib kelmoqda. Agar ikkita o’yindan keyin hisob teng bo’lsa, ustunlik va turnirning keyingi bosqichida o’ynash huquqi raqib maydonida ko’proq gol urgan jamoaga beriladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments