Manba: «Vest Xem» Kralga besh yillik shartnoma taklif qiladi

"Vest Xem" Kralga besh yillik shartnoma taklif qiladi

«Spartak» yarim himoyachisi Aleks Kral «Vest Xem» ga o’tishi mumkin.

Insayder Nikolo Shira tvitterda qayd etganidek, inglizlar 23 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib borishmoqda va unga 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Avvalroq chexiyalik futbolchining ingliz klubiga transferi miqdori qariyb 23 million evroni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.

Kralning «Spartak» bilan shartnomasi 2024 yil 30 iyungacha amal qiladi. Chex 2019 yildan beri qizil va oqlar uchun o’ynaydi. O’tgan mavsumda u moskvaliklar safida barcha turnirlarda 30ta o’yin o’tkazdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments