Manba: «Yuventus» Bernardeski bilan xayrlashishga tayyor

Yuventus Bernardeski bilan hayrlashmoqchi

«Yuventus» ning italiyalik hujumchisi Federiko Bernardeski joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.

OAV xabarlariga ko’ra, 27 yoshli futbolchi turinliklar murabbiylar shtabining umidlarini oqlamagan. Bernardeski bilan shartnoma 2022 yil 30 iyunda tugaydi, ammo «Yuventus» futbolchi bilan muddatidan oldin xayrlashmoqchi.

Ma’lum bo’lishicha, italiyalik agent Mino Rayola o’z mijoziga yangi klub izlay boshladi. Yiliga 4 million evro oladigan Bernardeski, ish haqi kesilishini qabul qilishga tayyor emas.

Bernardeski «Yuventus» tarkibida 2017 yildan beri o’ynab kelmoqda. Ushbu mavsumda forvard 38 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments