Manba: «Yuventus» va «PSJ» Donnarumma uchun kurash olib borishadi

Yuventus va PSJ Donnarummaga qiziqish bildirmoqda

«Milan» ning sobiq darvozaboni Janluiji Donnarumma kelajagi borasida yaqin kunlarda qaror qabul qiladi.

Avvalroq, 22 yoshli darvozabon Milan bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagach, erkin agentga aylangandi.

Jurnalist Fabrizio Romano tvitterda yozishicha, PSJ vakillari allaqachon futbolchining agenti bo’lgan Mino Rayola bilan uchrashishgan. Shuningdek, «Yuventus» ham darvozabonga da’vogarlik qilmoqda.

Donnarumma A seriyaning so’nggi chempionatida 37 uchrashuv o’tkazgan, 38 gol o’tkazib yuborgan va 14 marta o’z darvozasini daxlsiz qoldirgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments