Manba: «Yuventus» yozda Vlahovich bilan shartnoma imzolaydi

Manba: "Yuventus" yozda Vlahovich bilan shartnoma imzolaydi

«Yuventus» kelasi yozda «Fiorentina» hujumchisi Dusan Vlahovich bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Viola News xabariga ko’ra, yangi shartnoma bo’yicha muzokaralar boshi berk ko’chaga kirgan futbolchi Italiyada qolmoqchi, florensiyaliklar esa serbni xorij chempionatiga sotishni kutishmoqda.

Turin klubi 21 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshladi va mavsum uchun 5 million evro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qildi. Qayd etilishicha, moliyaviy muammolar tufayli «Inter» va «Milan» Vlahovichga da’vo qilmaydi.

Futbolchining «Fiorentina» bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha hisoblangan.

Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 8 ta o’yinda qatnashdi, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments