«Manchester Siti» Chempionlar ligasida «PSJ»ni mag’lub etdi, ikkala klub ham pley-offga yo’l oldi

"Manchester Siti" Chempionlar ligasida "PSJ"ni mag'lub etdi, ikkala klub ham pley-offga yo'l oldi

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “PSJ”ni qabul qildi. Mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Kilian Mbappening golidan so’ng mehmonlar oldinga chiqib olishdi, ingliz klubi Rahim Sterlingning sa’y-harakatlari bilan hisobni tenglashtirdi. G’alaba golini Gabriel Jezus kiritdi.

«A» guruhining parallel o’yinida «Leyptsig» safarda «Bryugge»ni 4:0 hisobida mag’lub etdi.

“Manchester Siti” muddatidan avval kvartetda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, “PSJ” ikkinchi o‘rinda bormoqda – ikkala klub ham turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oldi. “Bryugge” va “Leyptsig” klublari Yevropa Ligasi pley-off bosqichi oldidan uchinchi o‘rin va qo‘shimcha bosqich yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

C guruhida Lissabonning “Sporting” klubi Dortmundning “Borussiya” klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Portugaliya klubi guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq ushbu kvartetda “Ayaks” g’olib chiqqandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments