«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi o’yinda mag’lubiyatdan qutulib qoldi, Ronaldo dubl qayd etdi

"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Ronaldo dubl qayd etdi

Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida “Atalanta” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Italiya klubida Yosip Ilichich va Duvan Sapata ajralib turishdi. Mehmonlar safida esa o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldo ikkinchi golini urdi.

“Atalanta”ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

F guruhining yana bir o’yinida «Vilyarreal» «Yang Boyz»ni mag’lub etdi – 2:0.

“Manchester Yunayted” 7 ochkoga ega va guruhda peshqadamlik qilmoqda. «Vilyarreal» qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha ingliz klubidan ortda qolgan ikkinchi o’rinda. Undan keyingi o‘rinlarda “Atalanta” (5 ochko) va “Yang Boyz” (3 ochko) bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments