«Manchester Yunayted» Sancho bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Sancho Manchester Yunaytedga o'tishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jadon Sancho «Manchester Yunayted» ga o’tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko’ra, ingliz klubi 21 yoshli futbolchi bilan 2026 yilgacha mo’ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.

Shundan so’ng, «Manchester Yunayted» ushbu transfer borasida «Borussiya» bilan muzokaralarni boshladi, ammo tomonlar hali bir to’xtamga kelishmagan. Bitim 95 million evroga baholanmoqda.

Sanchoning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. O’tgan mavsumda angliyalik barcha turnirlarda 38 uchrashuvda qatnashdi, 16 gol urdi va 20 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments