«Manchester Yunayted» Varanning bir oyga ketishini tasdiqladi. Himoyachi Manchester Siti derbisini o’tkazib yuboradi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan jamoaning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varan jamoaning bo’lajak o’yinlarini o’tkazib yuborishga majbur bo’ladi. Premyer-liga klubi futbolchining qaytish vaqtini elon qildi.

Himoyachi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasidagi “Atalanta”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

«Klub Rafaelning tizzasidan jarohat olganini tasdiqlaydi, bu esa uni taxminan bir oy davomida yaroqsiz holga keltirishi kutilmoqda»,

– deyiladi «Yunayted» bayonotida.

Shu tariqa, futbolchi shanba kungi “Manchester Siti”ga qarshi derbini o‘tkazib yuboradi.

Varan joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 9ta o’yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments