«Manchester Yunayted» yaqin 24-48 soat ichida Rangnik transferi bo’yicha kelishib olishni rejalashtirmoqda – OAV

"Manchester Yunayted" yaqin 24-48 soat ichida Rangnik transferi bo'yicha kelishib olishni rejalashtirmoqda - OAV

«Manchester Yunayted» «Lokomotiv» bilan yaqin 24-48 soat ichida Ralf Rangnikni vaqtinchalik ingliz klubi bosh murabbiyi lavozimiga o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports.

Gazetaning yozishicha, klublar o’rtasidagi muzokaralar ijobiy kechgan. Rangnik kelishuvga erishilishi bilanoq ishlashga ruxsat olish uchun murojaat qiladi.

Hozirda «Lokomotiv»da sport va klublarni rivojlantirish bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan 63 yoshli nemis Moskvada joylashgan.

Maykl Kerrik yakshanba kuni Angliya chempionatining «Chelsi»ga qarshi o’yinida «Yunayted»ni boshqarishi kutilmoqda.

Rangnik shu yilning iyul oyidan buyon “Lokomotiv”da ishlab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 3 yilga mo’ljallangan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments