Manuel Noyer: «Mening tanam imkon berar ekan, men Germaniya uchun o’ynayman»

Manuel Noyer jamosiga hizmat qilmoqchi

Germaniya va «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Xans-Diter Flikning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, darvozabon nafaqa haqidagi fikrlar bilan o’rtoqlashdi.

Hamma u bilan yaxshi munosabatlarim borligini biladi. Myunxen klubida birgalikda ko’p narsaga erishdik. Uni terma jamoaga tayinlash – yaxshi qaror. Ammo, bizni hozirda muhim musobaqa kutib turibdi va biz unga etibor qaratmoqchimiz. Yoaxim Lyovga minnatdorchiligimiz juda ko’p va biz u uchun yaxshi Evropa turnirini o’tkazishni xohlaymiz.

Terma jamoada o’ynash menga doim zavq bag’ishlaydi. Badanim imkon berar ekan, men Germaniya uchun o’ynayman. Men yaxshi formadaman va yuqori saviyada o’ynay olaman, va haligacha xalqaro faoliyatimni yakunlash niyatim yo’q. Shuningdek, bu terma jamoani kim boshqarishiga bog’liq bo’ladi, deb aytmagan bo’lardim

– deya Noyerning so’zlarini keltirmoqda Germaniya futbol ittifoqi.

Eslatib o’tamiz, 25 may kuni Germaniya terma jamoasi Fliktni Evropa chempionatidan so’ng jamoa murabbiyi lavozimiga tayinlanganligini e’lon qilgandi. 56 yoshli mutaxassis 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments