Mbappe Evro-2020dan keyin PSJda kelajak haqida qaror qabul qiladi

Mbappe Evro-2020dan keyin PSJda kelajak haqida qaror qabul qiladi

Frantsiya va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Parij jamoasidagi kelajagi borasida yakuniy qarorni faqat Evropa chempionatidan so’ng qabul qiladi.

Xabar qilinishicha, Mbappening qo’lida «PSJ» dan 2025 yilgacha hisoblangan tayyor shartnoma bor, ammo 22 yoshli futbolchi Parij klubi rahbariyatidan Evro-2020 yakuniga qadar kutishni iltimos qildi.

Mbappening xizmatlariga «Real» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.

Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi va Transfermarkt portali futbolchini 160 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda fransuz 46 o’yinda 41 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.

Evro-2020 11 iyundan 11 iyulgacha bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments