Mbappe Millatlar Ligasi finalining eng yaxshi to’purari sovrinini qo’lga kiritdi

Mbappe Millatlar Ligasi finalining eng yaxshi to'purari sovrinini qo'lga kiritdi

Millatlar Ligasi-2021 final bosqichining eng yaxshi to’purari Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bo’ldi.

PSJ hujumchisi finalda g’alaba keltirgan golni urdi. Belgiya bilan o’tkazilgan yarim finalda u penaltini aniq amalga oshirdi va ikkita golga qo’shimcha ravishda, final bosqichida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, uning hamyurti Karim Benzema va ispaniyalik Ferran Torres final bosqichida ikkitadan gol urishdi.

Avvalroq, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sergi Buskets Millatlar Ligasi final turnirining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingani haqida xabar berilgandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments