Mbappe va Neymarning munosabatlari yaxshi emas!

PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionati 8-turidan o‘rin olgan «Monpele»ga qarshi o‘yinda hujumdagi sherigining harakatlaridan norozi bo‘ldi.

«RMC Sport» xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi 88-daqiqada zaxiraga olinganidan keyin yarim himoyachi Idrissa Guyega Neymar borasida shikoyat qildi.

«U menga bunday pas bermaydi», – dedi Mbappe 89-daqiqada Neymar Drakslerning goliga pas berganidan so‘ng.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli forvard bu mavsum Liga 1 doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobaga 4 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments