Mbappening ota-onasi o’g’lini 14 yoshida ispan klubiga o’tishidan qaytargan

Mbappe Ispaniyaga ketishi mumkin bo'lgani haqida gapirib berdi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening aytishicha, u 14 yoshida Ispaniya klubida to’p surishi mumkin edi. Biroq, futbolchining ota-onasi uni chet elga ketishdan qaytargan.

Ota-onam faoliyartimni uyda boshlashimni, shu erda ta’lim olishimni xohlashdi. O’ynash uchun va bir vqtda o’rganishni davom ettirish uchun. Ispaniyaga, hattoki o’sha Zidanga ham borish – bu boshqa mamlakat, boshqa madaniyat.

– deya Mbappe L’Obsning so’zlarini keltiradi

22 yoshli futbolchi 2018-yildan beri parijliklar safida to’p surmoqda va uning shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar tuzilgan. Mbappe ushbu mavsumda 41 ta gol urdi va 46 o’yinda 11 ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments