Menxengladbaxning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Zakariya «Arsenal»ga o’tishi mumkin

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Zakariya "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Menxengladbaxning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya yozda erkin agent sifatida «Arsenal»ga o’tishi mumkin.

Transfermarkt portalining xabar berishicha, Shveysariya terma jamoasi futbolchisining nemis klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Zakariyaning transferiga London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o’zi qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, “Arsenal” vakillari allaqachon futbolchining agentiga taklif bilan chiqishgan va Zakariya ularning shartlariga rozi bo‘lishini kutishmoqda.

Shuningdek, futbolchiga «Roma» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Zakariya 24 yoshda, Germaniya chempionatining joriy mavsumida u beshta o’yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments