Messi va Ramos PSJda do’st bo’lishmadi – OAV

Messi va Ramos PSJda do'st bo'lishmadi - OAV

«PSJ» futbolchilari Lionel Messi va Serxio Ramos klubdagi munosabatlarni yaxshilay olmadi, deb xabar beradi L’Equipe.

Ispaniyalik himoyachi ko’pchilik parijlik futbolchilarda yaxshi taassurot qoldira oldi va kiyim almashtirish xonasida hamma bilan ajoyib munosabatlar o’rnata oldi. Ramos bilan unchalik zo’r munosabatda bo’lmagan yagona futbolchi bu hujumchi Lionel Messi bo’lib, u bilan ispaniyalik shunchaki iliq munosabatda. Futbolchilar «Real» va «Barselona» o’rtasidagi uzoq muddatli qarama-qarshilik tufayli do’st bo’lishmadi, ular ikkalasi ham oldin o’ynagan.

“El-klasikoda 10 yilni o’tkazib yuborish mumkin emas”, dedi Parij jamoasidagi manba.

Messi va Ramos o‘tgan yozda “PSJ”ga erkin agent sifatida qo‘shilgandi. Argentinalik futbolchi poytaxt klubi safida 8ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan. Ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli parijliklar safida hali birorta uchrashuv o’tkazmagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments