“Milan” qo‘shimcha daqiqalarda “Jenoa”ni mag‘lub etib, Italiya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

“Milan” qo‘shimcha daqiqalarda “Jenoa”ni mag‘lub etib, Italiya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

Italiya kubogi 1/8 finalida “Milan” o‘z maydonida “Jenoa”ni qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida norvegiyalik himoyachi mehmonlar Leo Ostigard hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Milan”ning fransiyalik hujumchisi Olivye Jiru javob golini urdi.

“Milan”ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau birinchi qo‘shimcha bo‘limda jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, belgiyalik Aleksis Salemakers “rossoneri”ning ustunligini ta’minladi.

«Milan» ¼ finalda «Latsio» – «Udineze» juftligi g’olibi bilan o’ynaydi, g’olib 18 yanvar kuni bo’lib o’tadigan o’yinda aniqlanadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments