«Milan» yangi shartnoma bo’yicha Chalxano’g’lu bilan muzokaralarni to’xtatishi mumkin

Chalxano'g'lu Milanda qoladimi?

«Milan» yarim himoyachisi Xakan Chalxano’g’lu tez orada erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning so’zlariga ko’ra, klub shartnomani uzaytirish bo’yicha muzokaralarni to’xtatishga tayyor, chunki bu shartlar bo’yicha futbolchining javobini yana kutishni istamaydi.

«Milan» 27 yoshli yarim himoyachiga bonuslarni hisobga olmaganda mavsum uchun 4 million evro maosh bilan 2025 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda, ammo futbolchining agenti bundan ko’proq narsani so’raydi.

Chalhanog’luning amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyunda tugaydi.

O’tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalardagi 43 uchrashuvda qatnashdi, 9 gol urdi va 12 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments