Miranchuk qishda “Atalanta”ni tark etmaydi, dedi klub sport direktori

Miranchuk qishda “Atalanta”ni tark etmaydi, dedi klub sport direktori

«Atalanta» sport direktori Jovanni Sartorining aytishicha, klub qishki transfer oynasida rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk bilan xayrlashmoqchi emas.

Miranchuk nomi A Seriyaning boshqa jamoalari bilan bog’liq, ammo biz hali hech kim bilan gaplashmadik. Klub bu futbolchiga ishonadi. U muhim fazilatlarga ega. Ishonchimiz komilki, uning vaqti tez orada keladi, chunki u jiddiy professional va muhim futbolchi»,

– deya Sartorining so’zlarini keltiradi ITASportPress.

Avvalroq OAVda 26 yoshli futbolchiga «Torino», «Sassuolo» va «Jenoa» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Miranchuk “Atalanta”da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda rossiyalik Bergamo klubi safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments