«Monako» ozchilikda «Lill»ga qarshi o’yinda mag’lubiyatdan qutulib qoldi

"Monako" ozchilikda "Lill"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

1-liganing 14-turida “Monako” “Lill”ni qabul qildi.Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

To’qqizinchi daqiqaga kelib mehmonlar ikkita to’p farqi bilan oldinga chiqib olishdi – dublga kanadalik Xonatan Devid mualliflik qildi. Tanaffus oldidan monegaskliklar Krepin Diattaning aniq zarbasidan so’ng oradagi farqni yo’qqa chiqarishdi.

78-daqiqada Strahini Pavlovich maydondan chetlatilganidan keyin “Monako” ozchilikda qoldi. Oradan besh daqiqa o‘tib esa Vissam Ben Yedder hisobni tenglashtirdi.

Mezbonlarning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin sariq kartochkalari haddan tashqari ko’p bo’lgani uchun uchrashuvni o’tkazib yubordi.

“Monako” chempionat jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. «Lill» esa 12-qatorda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments