«Monako» yarim himoyachisi Golovin «Nyukasl»ga o’tishi mumkin – OAV

"Monako" yarim himoyachisi Golovin "Nyukasl"ga o'tishi mumkin - OAV

“Monako”ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Metaratings.ru.

Manbaga ko’ra, rossiyalik «Nyukasl» manfaati doirasida. Oldinroq Golovin xizmatlariga «Vest Xem» va «Everton» klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Oktyabr oyi boshida Saudiya Arabistonining sarmoyaviy guruhi «Nyukasl»ni 358 million yevroga sotib oldi. SHundan so’ng qolgan klublar kelishuv yuzasidan shikoyatlar bilan liga rahbariyatiga murojaat qilishdi.

25 yoshli Golovin joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments