Mourino «Nyukasl» qiziqayotgani haqidagi mish -mishlarga javob berdi

Mourino "Nyukasl" qiziqayotgani haqidagi mish -mishlarga javob berdi

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino «Nyukasl» ning yangi xo’jayinlari uni jamoaning keyingi murabbiyi sifatida ko’rib chiqishayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Nyukasl» haqida aytadigan gapim yo’q. Aytishga mutlaqo hech narsa yo’q. Aytishim mumkin bo’lgan yagona narsa shundaki, men ko’p yillar davomida Nyukasl tarixidagi eng muhim shaxslardan biri Bobbi Robson bilan ishlaganman, shuning uchun men har doim bu klub, shahar va muxlislar bilan qandaydir hissiy aloqada bo’lganman. Lekin boshqa hech narsa.

Hozir men «Roma» daman va bu erda juda baxtliman. Men bu loyihaga 100 foiz e’tibor qaratganman ”,-

-dedi Mourino.

7 oktyabr kuni Saudiya Arabistonidan kelgan sarmoyaviy guruh Nyukasl aktsiyalarining 35 foizini 358 million evroga sotib olgani ma’lum bo’ldi.

Avvalroq, «Nyukasl» ning amaldagi bosh murabbiyi Stiv Bryus iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments