Mourinyo Kontening «Tottenxem»ga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Mourinyo Kontening "Tottenxem"ga tayinlanishiga munosabat bildirdi

“Tottenxem”ni avval ham yaxshi murabbiy boshqargan, dedi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Antonio Kontening London klubiga tayinlanishini sharhlar ekan.

Konte yaxshi murabbiy. Lekin Nuno Espirito Santo ham 4-5 yil davomida «Vulverxempton»da yaxshi ishlagan juda yaxshi murabbiy. Hozir “Tottenxem”da yaxshi murabbiy bor deb ayta olmayman, ularda avval ham bor edi”,

– dedi Mourinyo, Sky Sport Italia.

Joriy mavsum boshlanishidan oldin London klubiga tayinlangan Nuno Espirito Santo iste’foga chiqarilgach, Konte noyabr oyi boshida «Tottenxem»ni qabul qilib oldi.

Italiyalik mutaxassis jamoa bosh murabbiyi sifatidagi ilk o’yinida Konferentsiyalar ligasida «Vitess»ni mag’lub etdi (3:2).

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments