“Napoli” A Seriyadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib, “Inter”ga imkoniyatni boy berdi

“Napoli” A Seriyadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib, “Inter”ga imkoniyatni boy berdi

“Napoli” “Inter”ga imkoniyatni boy berib, Italiya chempionatining joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Milandagi 13-tur uchrashuvi 3:2 hisobida yakunlandi. “Inter” safida gollarga Xoqon Chalxono‘g‘li, Ivan Perishich va Lautaro Martines mualliflik qilishdi. Mehmonlar safida Piotr Zelinskiy va Dris Mertens gol urishdi.

«Napoli» A Seriya turnir jadvalida 32 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’yicha «Milan»dan oldinda. 28 ochko to‘plagan “Inter” uchinchi o‘rinda.

Neapolliklar klubi 24-noyabr kuni navbatdagi o‘yinda Yevropa ligasi guruh bosqichida Moskvaning “Spartak” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments