«Napoli» Insinyega maoshini 50 foizga qisqartirish bilan shartnomani uzaytirishni taklif qildi – agent

"Napoli" Insinyega maoshini 50 foizga qisqartirish bilan shartnomani uzaytirishni taklif qildi - agent

Hujumchi Lorenso Insinye «Napoli» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Insinyening «Napoli» bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida tugaydi. «Napoli» maoshini 50 foizga qisqartirish bilan yangi shartnoma taklif qilmoqda va Lorenso bundan hayratda qoldi. Biz muzokaralar olib bormoqdamiz. Insinyening MLSga o’tishi haqidagi mish-mishlar mutlaqo soxta,

– deya futbolchining agentidan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Oldinroq Insinye 6 million yevro maosh bilan 4 yillik shartnoma imzolamoqchi ekani xabar qilingandi. Biroq neapolliklar 30 yoshli futbolchiga hozirgi maoshi 4,6 milliondan ko’proq pul to’lamoqchi emas.

Insinye – «Napoli» tarbiyalanuvchisi va sardori. Jamoa tarkibida u ikki marta Italiya kubogini va bir marta Superkubogini qo’lga kiritgan.

Joriy mavsumda italiyalik futbolchi 14 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments