«Napoli» va Insinye yangi shartnoma shartlari bo’yicha kelisha olmayapti – OAV

"Napoli" va Insinye yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmayapti - OAV

«Napoli» klubi hujumchisi Lorenso Insinye bilan yangi shartnoma shartlari bo’yicha kelisha olmayapti, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shira.

Skira xabariga ko’ra, forvard 6 million yevro maosh bilan 4 yillik shartnoma hamda 7 million yevrolik bonusni olishni istamoqda.

Neapolliklar, o’z navbatida, 30 yoshli futbolchiga uning hozirgi maoshi 4,6 million yevrodan ko’proq pul to’lamoqchi emas. Qayd etilishicha, hozirda muzokaralar kutish rejimida.

Joriy mavsumda Insinye barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments