Nurmagomedov va Zeedorf futbol va MMAni birlashtirgan sport maktabini ochishdi

Nurmagomedov va Zeedorf futbol va MMAni birlashtirgan sport maktabini ochishdi

«Milan»ning sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan sport maktabi ochilishi haqida gapirdi.

Men Seedorf Khabib Performance Club global miqyosda boshlanganini e’lon qilishdan faxrlanaman! Men do’stim Xabib Nurmagomedov bilan hamkorlikda eng qiziqarli va noyob futbol maktabini yaratdik.

Biz butun dunyo bo‘ylab yoshlarga futbol va aralash yakkakurashlarni o‘zida mujassam etgan mashg‘ulot metodologiyasi orqali o‘zlarining sport va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini bermoqchimiz. Dubay ushbu ajoyib loyiha uchun bizning start maydonimiz bo‘ladi, ammo biz kelgusi besh yil ichida global miqyosda kengaytirish niyatidamiz”,

– deb yozdi Zeedorf Instagram’da.

Eslatib o’tamiz, Zeedorf futbolchilik faoliyatini 2014 yilda, Nurmagomedov esa 2020 yilning oktyabrida yakunlagan edi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments