OAV: «Barselona» Grizmanni sotishi mumkin

Grizmann Barselonadan ketadimi?

«Barselona» hujumchi Antuan Grizmann bilan xayrlashishga tayyor.

Jurnalist Fabrizio Romanoning so’zlariga ko’ra agar unga qulay taklif tushsa, kataloniya klubi fransuzni sotishi mumkin.

Qayd etilishicha, Grizmanning o’zi PSJga o’tish variantini ko’rib chiqqani yo’q.

Oldinroq «Atletiko» prezidenti futbolchini qaytarish istagini bildirgan edi. Frantsiyalik futbolchi Madrid klubida 2014 yildan 2019 yilgacha o’ynagan.

Joriy mavsumda 30 yoshli Grizmann barcha turnirlardagi 50 uchrashuvda ishtirok etib, 19 gol urgan va 12 golga uzatma bergan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments