OAV: «Borussiya», «Chelsi» va «Milan» «Manchester Yunayted» darvozaboni Xendersonni nishonga olishgan

Xenderson Manchester Yunayted dan ketadimi?

«Manchester Yunayted» darvozaboni Din Xenderson Evropaning top-klublari ko’z ostiga tushib qoldi.

Manbalarga ko’ra, «Borussiya Dortmund», «Chelsi», «Tottenxem» va «Milan» fevraldan beri 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmoqda.

Xabar qilinishicha, Xenderson «Old Trafford» da jamoaning birinchi darvozaboni rolini olgan taqdirdagina qolishi mumkin. «Manchester Yunayted» rahbariyati birinchi raqam bo’yicha hali bir qarorga kelgani yo’q – Xenderson va David de Xea bo’yicha qaror yaqin haftalarda qabul qilinadi.

Joriy mavsumda Xenderson 25ta o’yin o’tkazib, 21ta gol o’tkazib yuborgan. U 13 o’yinni quruq otkazgan .

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments