OAV: Hafta oxirigacha Dibala «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytiradi

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Italiyadagi bir qator manbalar xabar berishicha, tomonlar yaqin kunlarda hamkorlikni uzaytirish to’g’risida kelishib olishadi. Goal jurnalisti Romeo Agrestining ta’kidlashicha, shartnoma 2025 yilgacha amal qiladi.

Keyinchalik bu ma’lumotni taniqli insayder Nikolo Shira tasdiqladi va shanba kuni futbolchining agenti Xorxe Antun «Yuventus» vakillari bilan oxirgi qo’l siqish uchun uchrashishini qayd etdi.

27 yoshli Dibalaning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 5 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments