OAV: Keyn faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi

Garri Keyn La Ligada o'ynamoqchi

Angliya va «Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn o’z faoliyatini Ispaniyaning La Ligasida davom ettirmoqchi.

27 yoshli futbolchiga «Barselona» va «Real» da’vogarlik qilmoqda, ammo ushbu jamoalardan biriga o’tish uchun Keyn maoshni kamaytirishga rozi bo’lishi kerak.

Angliyalik hujumchiga «Chelsi», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o’tamiz, Keyn 2011 yildan beri «Tottenxem» da o’ynab kelmoqda va uning klub bilan shartnomasi 2024 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfer summasi 120 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda angliyalik 48 o’yinda 32 ta gol urdi va 16 ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments