OAV: Konte «Inter» bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Konte "Inter" bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli o’z lavozimini tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko’ra, jamoa xo’jayinlari o’zlarining byudjetini hozirgi iqtisodiy inqirozga mos ravishda tuzatish uchun futbolchilarni sotish va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishmoqchi. Konte esa Evropada raqobatlashadigan tarkibni kuchaytirish tarafdori. Tomonlar yaqin 48 soat ichida do’stona ravishda xayrlashishni rejalashtirmoqdalar.

51 yoshli Konte 2019 yilda «Inter» ni qabul qilib oldi va o’tgan mavsumda jamoani A Seriyaning oltin medallariga olib chiqdi.Gar italiyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha mo’ljallangan.

Italiya chempionatidagi g’alabasi tufayli «Inter» kelasi mavsum Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments