OAV Kumanga «Barselona» bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun tovon puli miqdorini bilib oldi

OAV Kumanga "Barselona" bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun tovon puli miqdorini bilib oldi

Gollandiyalik mutaxassis Ronald Kuman «Barselona» bosh murabbiyligidan bo’shatilganidan keyin 12 million yevro miqdorida tovon puli oladi, deb xabar beradi El Pais.

Og’ir iqtisodiy vaziyatda Kataloniya klubi rahbariyati o’ziga bo’lgan ishonchni anchadan beri yo’qotgan Kumanning iste’fosini keyinga qoldirishga umid qilgan. Biroq chorshanba kuni “Rayo Valekano”dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat klub prezidenti Joan Laporta murabbiyni ishdan bo‘shatishga majbur qildi.

Kuman 2020-yil 19-avgust kuni “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Gollandiyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda jamoa bilan Ispaniya kubogini qo’lga kiritgan.

Ispaniya chempionatining joriy jadvalida «Barselona» 9-o’rinda bormoqda.

Oldinroq OAV ko’k-anorranglilar bosh murabbiyi uchun favoritlarni e’lon qilgandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments