OAV: «Latsio» Sarri bilan 2023 yilgacha shartnoma tayyorladi

OAV: "Latsio" Sarri bilan 2023 yilgacha shartnoma tayyorladi

Italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarri «Latsio» ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning so’zlariga ko’ra, Rim klubi 62 yoshli murabbiyga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilgacha shartnoma taklif qilgan.

Oldinroq «Yuventus» Sarriga shartnomani bekor qilgani uchun 2,5 million evro to’lagani ma’lum bo’lgandi. Shu tariqa murabbiyga boshqa klublarda ishlash imkoniyati berildi.

Eslatib o’tamiz, Sarri 2020 yil avgustidan beri ishsiz edi.

O’tgan mavsumda «Latsio» 68 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 6-o’rinni egalladi. Yaqinda Simone Inzagi jamoa bilan ishlashni davom ettirmasligi ma’lum bo’ldi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments