OAV: «Man Siti» Keyn va Grilish bilan shartnoma imzolamoqchi

Keyn Man Sitiga o'tishi mumkin

«Manchester Siti» «Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn va «Aston Villa» yarim himoyachisi Jek Grilishni nishonga oldi.

Manbaga ko’ra, «Man Siti» ikki ingliz futbolchisini sotib olish uchun, mavjud futbolchilarni sotishdan kamida 70 million funt ishlab topish kerak. Shunday qilib, yuqori ehtimol bilan jamoani yarim himoyachilar Jek Xarrison, Pedro Porro, Yanxel Errera va Ivan Ilich hamda hujumchi Lukas Nmecha tark etadilar.

Qayd etilishicha, «Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi rolida aynan Tottenxem klubini tark etish niyatini tasdiqlagan 27 yoshli Keynni ko’rmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Keyn 49ta o’yinda 33ta gol urdi va 17ta golli pas berdi. Grilish hisobiga – 27 uchrashuvda 7 ta gol va 12 ta golli pas.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments