OAV: «Manchester Yunayted» himoyachisi Varan jarohati sabab 4 haftani o’tkazib yuboradi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli keyingi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varan Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida «Atalanta»ga qarshi o’yinda olgan jarohati tufayli keyingi o’yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Seshanba kuni F guruhi 4-turida “Manchester Yunayted” va “Atalanta” o‘zaro durang o‘ynadi – 2:2. Varan 38-daqiqada almashtirildi.

Sky Sports xabariga ko’ra, fransiyalik futbolchi taxminan to’rt haftani o’tkazib yuboradi va 2 dekabr kuni bo’lib o’tadigan «Arsenal»ga qarshi Angliya chempionatining 14-tur uchrashuvigacha maydonga qayta olmaydi.

Varan 28 yoshda va bu mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 9ta o’yin o’tkazgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments